Tabletka.uzTabletka.uzTabletka.uz
info@tabletka.uz
100115, г.Ташкент, Кичик Халка Йули (Фархад) д.39
78 129-03-00
Tabletka.uzTabletka.uzTabletka.uz

Yaqinda sodir bo‘lgan ob-havo hodisasining sog‘liq uchun oqibatlari qanday?

Chang-qumli g‘ubor tarqab ketyapti va muammo ham go‘yo ketayotganday, biroq aslida u sog‘liq uchun oqibatlarga ega. Havoda bir necha kun uchib yurgan chang va qum zarralari nafas olganimizda ichimizga tushgan. Bunda ular o‘zlari bilan turli viruslar, bakteriyalar va zamburug‘larni olib kirgan, bundan tashqari ularda kimyoviy o‘g‘itlarning qoldiqlari va boshqa toksik birikmalar ham bo‘lishi mumkin. Shu bois chang bo‘ronlari quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi yoki ularni chuqurlashtiradi:

– Yo‘tal va xirillash;
– Ko‘zlarning, og‘iz bo‘shlig‘i va burundagi shilliq qavatning, terining ta’sirlanishi;
– Astma, bronxit, nafas yo‘llarining obruktiv kasalliklari;
– Pastki nafas yo‘llarining virusli, bakterial va zamburug‘li infeksiyalari;
– Yurak-qon tomir kasalliklari
– Allergiya.

Shu sababli har qanday kishiga, ayniqsa, surunkali kasalliklarga ega kishilarga yaqin bir necha kun davomida o‘z sog‘liqlariga e’tiborli bo‘lishni tavsiya etamiz. Shilliq qavatlarni yuvish va namlantirish uchun maxsus vositalardan foydalanish (Tabletka dorixonalar tarmog‘ining provizorlari sizga mos keladigan vositalarni tavsiya etishga doim tayyor) yoki shifokor tomonidan tayinlangan preparatlarni uy aptechkasida tayyor qilib qo‘yish ortiqchalik qilmaydi. Doim salomat bo‘ling!

📲 Assortimentdan kerakli tovarni va uning narxini izlash uchun t.me/tabletka_uzbot telegram-botimizdan foydalanishni tavsiya etamiz!

Каковы последствия для здоровья недавнего погодного явления?

Пыльная мгла рассеивается и кажется, что проблема ушла, но на самом деле она имеет свои последствия для здоровья.

Частицы пыли и песка, висевшие в воздухе несколько дней, так или иначе нами вдыхались. При этом они, помимо прочего, несли с собой вирусы, бактерии и грибки, могли содержать остатки химических удобрений и другие токсические соединения. Поэтому пыльные бури вызывают либо усугубляют следующие проблемы:
– Кашель и хрипы;
– Раздражение глаз, слизистой оболочки полости рта и носа, раздражение кожи;
– Астма, бронхит, обструктивные заболевания дыхательных путей;
– Вирусные, бактериальные и грибковые инфекции нижних дыхательных путей;
– Сердечно-сосудистые заболевания
– Аллергия.

По этой причине любому человеку, а в особенности людям с хроническими заболеваниями, мы рекомендуем проявлять особое внимание к своему самочувствию в ближайшие несколько дней. Не лишним будет воспользоваться специальными средстами для промывания и увлажнения слизистых (провизоры сети аптек Таблетка всегда готовы порекомендовать подходящие), либо держать наготове прописанные врачом препараты в домашней аптечке. Будьте здоровы!

📲 Для поиска нужного товара в ассортименте и цены на него рекомендуем воспользоваться нашим телеграм-ботом: t.me/tabletka_uzbot!

Leave A Comment