Qimmatli moringa moyi – teridagi yosh o‘zgarishlariga qarshi muvaffaqiyatli kurashish garovi!
Июнь 22, 2020
Рекомендации провизора: как повысить иммунитет?
Июнь 24, 2020

Immunitet – bu organizmimizning himoya xususiyatlaridir, ular o‘ziga begona bo‘lgan bakteriyalar va viruslarni aniqlash hamda ularga qarshi turish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Koronavirus infektsiyasi bilan uchrashish xavfi sharoitlarida qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa – bu ehtiyot choralariga amal qilish va immunitetni oshirish ustida ishlashdir.

Quyida butun oila uchun immunitetni mustahkamlash yo‘lidagi beshta qadamni taqdim etamiz:

1) To‘g‘ri va muntazam ravishda ovqatlanish, ratsionni mavsumiy mevalar, sabzavotlar va ko‘katlar bilan boyitish
2) Oilaviy an’analarga sport bilan mo‘‘tadil mashg‘ulotlarni qo‘shish. Ertalab yoki kechqurun gimnastika bilan shug‘ullanish juda yaxshi qaror!
3) Stress bilan kurashishni o‘rganish: u organizmning himoya xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
4) To‘yib uxlash. Uyqu kunduzgi yuklamadan keyin organizmning tiklanishi uchun juda muhim.
5) Uyni tez-tez ho‘l latta bilan tozalash va shamollatib turish.
Aytish joizki, jahldorlik yoki uyqusizlik muammosida maxsus preparatlar va BFQ, vitaminli komplekslar yordam beradi. Tabletka dorixonalar tarmog‘ining provizorlari har doim aynan sizga to‘g‘ri keladigan narsani tavsiya etishga tayyor!

Qaynoq liniya: 78-129-03-00
Telegram-bot: t.me/tabletka_uzbot