Oqilona ish qil: O‘ZINGNI EMLAT!
Декабрь 23, 2019
Новый год прошел, а подарки не заканчиваются!
Январь 13, 2020

Yangi yil bayramlari ham ortda qoldi, sovg‘alar esa tugamayapti! Endi TABLETKA dorixonalar tarmog‘ida bolalar uchun Nurofen® yoki go‘daklar uchun Strepsils® suspenziyasini xarid qilganda sovg‘aga qulay eko-sumka olasiz!

Biz tabiat, tabiiylik va hammasi tabiat yaratgan ko‘rinishda qolishining tarafdorimiz! Aynan shu bois yuqori xavfsizlik profiliga ega preparatlarga bonus sifatida ekologik sumkani taqdim etishga qaror qildik. Polietilen paketlarga qat’iy “yo‘q” deymiz va tabiatni asraymiz!
Endi shopingga borish qulay, asosiysi esa — yoqimli❤️ Axir siz qanday muhim missiyani zimmangizga olganingizni his qilib turasiz!

⚠️ Aksiya 2020-yil 29-fevralgacha amal qiladi.

Qo‘llashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing yoki mutaxassis bilan maslahatlashing!

Nurofen suspenziyasi haqida nimalarni bilish kerak?

Isitma, tomoq va quloq og‘rig‘i, tishlar chiqayotgan paytdagi og‘riq – bularning hammasi bolaning dastlabki hayot yillarida sodir bo‘ladi…
💊 Bolalar uchun Nurofen® suspenziyasi o‘tkir respiratorli kasalliklarda (shu jumladan grippda ham), infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida, tana haroratining ko‘tarilishi bilan kechadigan emlashdan keyingi reaktsiyalarda isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
✅ Bolalar uchun Nurofen® 3 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan👦
✅ 8 soatgacha ta’sir ko‘rsatadi ⏰
✅ Bolalar uchun Nurofen® tarkibida qand va bo‘yovchi moddalar mavjud emas, har bir flakon esa qulay o‘lchamli shprits bilan bir to‘plamda taqdim etilgan.
✅Bolalar uchun Nurofen® yoqimli qulupnay va apelsin ta’miga ega.

Nurofen® — Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan hamda yuqori darajadagi samaradorlik va xavfsizlikka ega original ibuprofen.

Strepsils® haqida nimalarni bilish kerak?

Tomoq og‘rig‘i farzandingizga qo‘ng‘iroq ovozda kulish va xursand bo‘lishga xalaqit beradi?
Bolalar uchun Strepsils® yordamga shoshadi! Uning ta’siri qabul qilingandan keyin 5 daqiqadan so‘ng boshlanadi va 2-3 soat davom etadi
✅Bolalar uchun Strepsils® antiseptik xususiyatlarga ega bo‘lib, zamburug‘ga, viruslarga, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
✅ Bolalar uchun Strepsils® 6 yoshdan boshlab bolalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan😉
✅ Bolalar uchun Strepsils® tarkibida kariesni keltirib chiqaruvchi qand moddasi mavjud emas.
✅ Yoqimli mevali ta’mga ega 😍

Bolalar uchun Strepsils® bolalarda tomoq og‘rig‘ini simptomatik davolash uchun mo‘ljallangan!

Salomat bo‘ling!

👉 Tarmoqdagi istalgan mahsulot narxlarini bilish, o‘zingizga yaqin filialni topish va boshqa ko‘plab narsalarni telegram-botimiz orqali amalga oshirish mumkin: t.me/tabletka_uzbot!

Комментарии закрыты.